Tojikiston harbiy razvedkasi terrorchilikka qarshi kurashda yangi vakolatlarga ega boʻladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Chorshanba (29-may) kuni Tojikiston parlamenti Mudofaa vazirligining harbiy razvedka boʻlimi uchun yangi vakolatlarni maʼqulladi. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bergan.

Tojikiston mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari Emomali Sobirzodga koʻra, harbiy razvedka idoralari toʻgʻrisidagi qonunga kiritilgan oʻzgarishlar endi ularga nafaqat xorijda, balki mamlakat ichkarisida ham faoliyat yuritishga imkon beradi.

“Mazkur oʻzgartishlar harbiy razvedka organlari faoliyati uchun qoʻshimcha moliyalash manbalarini yaratish, maxfiy va maxfiy boʻlmagan razvedka tadbirlarini oʻtkazish, urush vaqtida harbiy razvedka idoralarini boshqarish, qurol-yarogʻ va boshqa maxsus mashinalardan foydalanish uchun qonuniy asos yaratadi”, deb aytgan u parlamentdagi chiqishida.

Sobirzodning aytishicha, bu qaror butun mamlakat boʻylab yashirin terrorchilik guruhlariga qarshi kurashishda muhim choradir.

“Dunyo va mintaqada shiddat bilan oʻzgarib borayotgan vaziyat, terrorchilik va ekstremizm xavfining tobora kuchayib borayotgani va mamlakat ichida yashirin terrorchilik guruhlari mavjudligi harbiy razvedka idoralarining vakolatlarini zamonaviy tahdidlarga qarshi kurash talablariga mos holga keltirishni taqozo etmoqda”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

1
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha