Karvonsaroy

ID jangarilariga aloqador 148 nafar oʻzbek fuqarosi Suriyadan vataniga qaytarildi

AFP

Qamishli, SURIYA – Suriya shimoli-sharqidagi kurd rahbariyati chorshanba (29-may) kuni “Islom davlati” (ID) guruhi bilan bogʻliq boʻlgan ayollar va bolalardan iborat 148 nafar fuqaroni oʻzbekistonlik diplomatlarga topshirdi.

Kurdlar matbuot kotibi Kamol Akefning AFPga maʼlum qilishicha, jami 300 dan ortiq oʻzbekni vataniga qaytarish moʻljallangan. ID “xalifaligi” AQSH qoʻllovidagi kuchlar tarafidan tor-mor etilganidan soʻng, kurdlar qochoqlar maskanlarida qolib ketgan minglab xorijlik jangarilarni koʻchirishga harakat qilmoqda.

Yuzlab oʻzbeklar Iroq va Suriyada jang qilayotgan guruhlar, jumladan ID safiga qoʻshilgani aytiladi.

Isyonchilarning soʻnggi istehkomidan qochishga uringan chogʻida ushlangan yoki taslim boʻlgan gumondor jangarilar hali-hamon kurd qamoqxonalarida saqlanmoqda.

AFP muxbirining xabar berishicha, chorshanba kuni ayollar va bolalar Qamishliga oq avtobuslarda olib kelingan.

Avtobusning koʻk pardasi oridan baʼzi ayollar jangarilar qoʻllaydigan ishora bilan barmoqlari bilan osmonga niqtaganlar.

Jumladan, yosh bolalardan iborat 90 kishilik guruh samolyotda Rossiyaning Suriyadagi havo bazasi orqali Oʻzbekistonga olib ketiladi, dedi Akef.

Yaqin kunlarda oʻzbekistonlik ayollar va bolalardan iborat ikkinchi guruh ham Oʻzbekistonga qaytariladi, dedi u.

10-may kuni Qozogʻiston ham asosan yosh bolalardan iborat boʻlgan 231 nafar fuqarosini Suriyadan vataniga qaytargan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500