Karvonsaroy

Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk Markaziy Osiyo safarini Dushanbedan boshladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin chorshanba (29-may) kuni kechqurun Dushanbe aeroportida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tuskni kutib oldi. Tusk Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻylab safarini boshlagan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Chorshanbadan yakshanba (2-iyun) kuniga qadar u Tojikiston, Qozogʻiston va Oʻzbekistonda boʻladi.

Tusk oʻz tashriflari doirasida har bir mamlakat rahbariyati bilan mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlik, atrof-muhit, chegara boshqaruvi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi, deyiladi Yevropa Ittifoqining 25-may kunga bayonotida. Yevropa kengashi Yevropa Ittifoqi uchun ustuvor boʻlgan yoʻnalishlarni belgilaydi.

Yevropa Ittifoqining mintaqa davlatlari bilan hamkorligi Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish dasturini oʻz ichiga oladi.

Yevropa Ittifoqi bayonotiga koʻra, Tuskning safari “Yevropa Ittifoqining mintaqa va alohida davlatlar bilan mustahkam hamkorlikka boʻlgan sadoqatini yana bir ifoda etadi”.

Tuskning safaridan ikki hafta avval Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo uchun yangi strategiyani amalga kiritgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500