Qirgʻizistonda sobiq rasmiy korrupsiyada ayblanib qoʻlga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Yakshanba (2-iyun) kuni Qirgʻiziston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) sobiq hukumat mansabdorini korruptsiyada ayblab qoʻlga oldi. Bu haqda dushanba (3-iyun) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi xabar berdi.

Prezident maʼmuriyatining adliya tizimi islohoti boʻyicha boʻlimi sobiq rahbari Manasbek Arabayev yakshanba (2-iyun) kuni hibsga olinib, sudgacha tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Qirgʻiziston hukumati barcha qonunbuzarlar, jumladan terrorchilar va ekstremistlarga nisbatan qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida samarali va ishonchli sud tizimi yaratishni rejalashtirgan edi.

GKNB vakili Rahat Sulaymanov Arabayevga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlar tafsilotlarini ochiqlamagan.

Arabayev sobiq prezident Almazbek Atambayevning idorasida xizmat qilgan va 2015-yilda boʻlim rahbari etib tayinlangan edi. Sooronbay Jeyenbekov davlat rahbari etib saylanganidan 6 oy oʻtib, 2018-yil may oyida u oʻz vazifasidan ozod etilgan.

Arabayev 2017-yil dekabr oyida Atambayev prezidentlikdan ketganidan soʻng hibsga olingan shaxslarning navbatdagisi boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?

1
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha