Mirziyoyev Iyd al-Fitr munosabati bilan 361 mahbusni afv etdi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev seshanba (4-iyun) kuni quyosh botishi bilan nishonlanadigan Iyd al-Fitr bayrami arafasida bir necha yuz mahbusni afv etdi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Prezident Mirziyoyevning farmoni bilan 361 mahbus ozodlikka chiqariladi, 214 nafarining esa qamoq muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlar orasida 60 yoshdan oshgan 7 mahbus, 6 nafar ayol va bir xorij fuqarosi bor.

Mirziyoyev hukumatning jinoyatlar, shu jumladan, ekstremizmga oid jinoyatlarga jazo berish yondashuvini oʻzgartirgan. U 2016-yil oxirida iqtidorga kelganidan beri, hukumat 20 mingdan ziyod shaxsni ekstremizmda gumonlanganlarning qora roʻyxatidan chiqarib tashlagan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi oʻtgan yil dekabrda maʼlum qilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

3
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha