Karvonsaroy

Qirgʻiziston huquq-tartibot organlari Qozogʻistondan yoqilgʻi olib kirishga uringan kontrabandachilarni fosh etdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) mamlakatga poyezd orqali Qozogʻistondan kontrabanda yoʻli bilan yoqilgʻi olib kirishga urinish holatini fosh etdi. Bu haqda AKIpress seshanba (4-iyun) kuni GKNB bayonotiga asoslanib xabar bergan.

Bayonotga koʻra, kontrabandachilar soliq toʻlamaslik uchun yoqilgʻini gaz kondensati uchun xomashyo sifatida rasmiylashtirib olib kirmoqchi boʻlganlar.

Qirgʻiziston korruptsiyaga qarshi kurash organlari Qant temiryoʻl bekatida 120 tonna yoqilgʻi ortilgan ikkita vagonni qoʻlga olganlar, deyiladi xabarda.

Tergovchilarga koʻra, qonunbuzarlar mazkur sxema asosida Qirgʻizistonga 2000 tonnadan koʻproq yoqilgʻi olib kirishga ulgurganlar.

Mamlakat cheraga qoʻshinlari chegaradagi xavfsizlikning buzilishi bilan bogʻliq boshqa bir qator urinishlarning ham oldini olgan. Jangarilarning qurolli nizolar hududiga oʻtishga urinishi va ekstremistik adabiyotlar kontrabandasi bilan bogʻliq holatlar shular jumlasidandir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500