http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/06/05/newsbrief-01

YXHTning narkotiklarga qarshi anjumanida sintetik giyohvand moddalar xavfi muhokama qilindi

Karvonsaroy

VENA – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) dushanba (4-iyun) kuni Venada narkotiklarga qarshi kurashga bagʻishlangan anjuman oʻtkazdi, deyiladi tashkilot bayonotida.

“Sintetik giyohvand moddalarning ortib borayotgan xavfi: giyohvandlikdan reabilitatsiya va qayta moslashuvgacha” deb nomlangan YXHT anjumanida tashkilotga aʼzo davlatlardan 160 nafar ekspert va amaliyotchilar hamda hamkorlik boʻyicha sheriklar qatnashdi.

Qozogʻistonning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, maxsus topshiriqlar elchisi Stanislav Vasilenko oʻz mamlakatining narkotiklarga qarshi kurash boʻyicha amalga oshirgan soʻnggi chora-tadbirlari haqida soʻzlab berdi. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida oxirgi 5 yil ichida Qozogʻistonda giyohvandlar soni 40 foizga kamaygan.

“Qozogʻiston YXHTga aʼzo mamlakatlar bilan oʻzining ilgʻor tajribasini boʻlishishga tayyor”, dedi u.

Sintetik giyohvand moddalarning qora bozordagi ulushi oʻsimliklardan olinadigan anʼanaviy preparatlarni ortda qoldirmoqda, deb ogohlantirgan 2019 yilda YXHTda Slovakiya raisligining maqsadli guruhi rahbari, elchi Robert Kirnag.

Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka barham berishga koʻmaklashadi. Aytish joizki, afgʻon tolibonlarining asosiy daromadi narkotiklar ishlab chiqarish va sotishdan olinadi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha