Karvonsaroy

Qirgʻizistonda qalbaki pasportlar tayyorlash bilan shugʻullangan jinoiy guruh fosh etildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (GKNB) qalbaki pasportlar tayyorlash bilan shugʻullangan jinoiy guruh aʼzosini qoʻlga oldi. Taxminlarga koʻra, soxta hujjatlar xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga yangi qoʻshilgan aʼzolarni nizoli hududlarga yuborish uchun qoʻllanilgan boʻlishi mumkin, deb xabar berdi 24.kg nashri payshanba (6-iyun) kuni.

Huquq-tartibot organlari qalbaki qirgʻiz pasportlarini tayyorlash va sotishda gumon qilinayotgan A.S. ismli shaxsni qoʻlga olganlar, deb xabar beradi GKNB.

U “Manas” xalqaro aeroportida 1987-yilda tugʻilgan fuqaro Payzullo Nosirov nomiga berilgan qalbaki pasport bilan qoʻlga olingan. A.S.ning turarjoyini tintuv qilish chogʻida yana bir soxta pasport topilgan.

GKNB xodimlari tomonidan xuddi shu aeroportda bir vaqtning oʻzida Qirgʻiziston bilan chegaradosh mamlakatning 29 yoshli fuqarosi Yu. M. hibsga olingan boʻlib, u Islom Qodirov nomiga berilgan soxta qirgʻiz pasporti bilan Istambulga uchib ketishga uringan.

Tekshiruvlar natijasida ushbu seriya raqamiga ega haqiqiy pasportning egasi 2003-yilda tugʻilgan Qirgʻiziston fuqarosi, oʻshlik A. B. boʻlib chiqqan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500