Yakshanba kuni Qozogʻistonda yangi davlat rahbari saylanadi

AFP

NUR-SULTON – Yakshanba (9-iyun) kuni Qozogʻiston fuqarolari oxirgi 30 yil ichida ilk bor mamlakatning yangi prezidentini saylaydilar.

66 yashar tajribali diplomat va muvaqqat prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev mart oyida isteʼfoga ketgan sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning faol qoʻllovi bilan mamlakat hukmron partiyasidan oʻz nomzodini ilgari surgan.

Isteʼfo haqidagi bayonot sovet davrlaridan beri Nazarboyevning rahbarligi ostida yashab kelgan qozogʻistonliklar uchun kutilmagan hodisa boʻldi. Shunday boʻlsa-da, u Qozogʻistondagi hukmronligini saqlab qolishi kutilmoqda.

Toʻqayevning olti raqibi (ular orasida muxolifat vakili boʻlgan nomzod ham bor) mamlakatda u qadar mashhurlikka ega emas.

Toʻqayevga esa shou-biznes vakillari ham xayrixohlik bildirganlar, u davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan nomzod deb koʻrilmoqda.

Qozogʻistonning yangi rahbari mamlakatning sobiq mustamlakachisi Rossiya bilan munosabatlar hamda “Islom davlati” (ID) safida boʻlib, Qozogʻistonga qaytgan fuqarolarni radikallashuvdan xalos qilish kabi xavsizlikka doir muammolar bilan toʻqnash kelishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

0
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha