http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/06/07/newsbrief-03

AQSH diplomati Qozogʻistonning uygʻurlar huquqini himoya qilganini yuqori baholadi

AFP

VASHINGTON, KO – Payshanba (6-iyun) kuni Qoʻshma Shtatlar Qozogʻistonni qoʻshni Xitoydan qochgan uygʻurlardan yuz oʻgirmayotganini yuqori baholadi. Xitoyda taxminan 1 million kishilik musulmon etnik guruhi bor.

Markaziy Osiyo uchun masʼul diplomat David Rants Vashingtondagi simpoziumda chiqish qilib, Xitoyning Shinjon viloyatidagi keskinlashib borayotgan inson huquqlari muammosi haqida soʻzlar ekan, Qozogʻistonni namuna sifatida tilga oldi.

Qoʻshma Shtatlar “uygʻur va boshqa musulmon ozchilik guruhlarining Xitoy bosimi ostida qaytarilishiga qarshilik qilgani uchun Qozogʻistondan minnatdor”, dedi davlat kotibi yordamchisining muovini vazifasini bajaruvchi Rants.

“Biz barcha davlatlarni shunday himoyani, ularga boshpana berish yoki istaklariga qarab uchinchi davlatga oʻtish imkonini taqdim etishga chaqiramiz, deb aytdi u Jorj Vashington universiteti va uygʻurlar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari tomonidan uyushtirilgan tadbir davomida.

Shinjonda 1,5 millionga yaqin etnik qozoqlar yashaydi, ularning koʻpchiligi Sovet davri va undan avvalroq chor Rossiyasidan qochib oʻtishgan. Shinjondagi etnik qozoqlarning ayrimlari hibslar haqida soʻzlab berishgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotiga koʻra, Xitoyda bir milliondan ortiq uygʻurlar qamoqqa olingan. Qoʻshma Shtatlar bu holatni natsist Germaniyasi davridagi kontslagerlar bilan tenglashtirdi.

Oddiy fuqarolardan islomdan voz kechishni talab qilishmoqda, deydi uygʻur faollardan biri. Ammo, Xitoyning oʻzi bularni radikallashuvning oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar deb atamoqda.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha