Qizil Xoch qoʻmitasi fuqarolarini urush hududlaridan qaytarishda Oʻzbekistonga yordam beradi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi fuqarolarini qurolli nizolar hududlaridan vataniga qaytarishda Oʻzbekistonga yordam berishga tayyor. Bu haqda dushanba (10-iyun) kuni AKIpress axborot agentligi maʼlum qildi.

7-iyun kuni Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi vakili Ulugʻbek Lapasov Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasining Yevropa va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy rahbari Patrik Vial bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi xabar bergan.

Vial Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Suriyadan 156 nafar fuqaro, jumladan 45 ayol va 106 ta yosh bolani vataniga qaytarish qarorini olqishladi va Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi bu borada yordam berishda davom etishini qoʻshimcha qildi.

Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi qarindoshlarining iltimosiga koʻra Yaqin Sharqdagi nizo hududlaridan odamlarni qidirib topishga va qaytganlar bilan ishlash uchun ruhshunoslarni tayyorlashga yordam beradi, dedi Vial.

Avvalroq, UNICEF vakili Sasha Graumann ham tashkilotning Iroq va Suriyadagi oʻzbekistonlik bolalarni vataniga qaytarishda Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgandi.

Sizga maqola yoqdimi?

3
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha