Karvonsaroy

Suriya rejimi va Rossiya tarafidan berilgan havo zarbalari natijasida 25 nafar tinch aholi vakili halok boʻldi

AFP

BAYRUT – Suriya rejimi va uning ittifoqchisi Rossiyaning havo zarbalari va raketa hujumlari natijasida dushanba (10-iyun) kuni 25 nafar tinch fuqaro, jumladan 7 bola halok boʻlgan. Mazkur hodisa Moskvaning faqat terrorchilarni taʼqib qilayotgani haqidagi iddaolariga zid kelmoqda.

Suriya inson huquqlari observatoriyasiga koʻra, rejim tomonidan Idlib viloyatining Jabala qishlogʻiga berilgan havo zarbalari natijasida 13 kishi hayotdan koʻz yumgan.

“Al-Qoida”ning sobiq shoʻbasi boʻlmish “Hayot Tahrir al-Shom” guruhi yetakchiligidagi ittifoq nazoratida boʻlgan Idlib hududi bundan bir necha oy avval imzolangan bufer zonasi bitimi bilan himoyalanishi kerak edi.

Mazkur hudud Idlib viloyatining aksariyat qismini va unga qoʻshni Latakiya, Hama va Halab maʼmuriy birliklarini oʻz ichiga oladi.

Ammo yaqin haftalar davomida bu hudud kuchli bomba hujumlari ostida qolishi ortidan u yerda yashayotgan uch milliondan ortiq aholi tahlikaga tushgan.

Hujumlar aprel oyi oxiridan beri 360 dan ortiq fuqaroning oʻlimiga sabab boʻldi, deb xabar bermoqda qarorgohi Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlarini kuzatish observatoriyasi. Moskvaning faqat “terrorchilarni” nishonga olayotgani haqidagi daʼvolari ortida tinch aholi orasidagi qurbonlar soni tobora oshib bormoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti xabariga koʻra, zoʻravonliklar oqibatida 270 mingdan ortiq aholi oʻz uyini tashlab ketishga majbur boʻlgan. 24 ta tibbiyot muassasasi hujumga uchradi.

Tahlilchilar hukumat kuchlari mintaqani vayron qilishda davom etishini, ammo jiddiy hujumlarni amalga oshirmasligini taxmin qilmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya – terrorchi mamlakat.

Javob berish

Rossiya terrorchi

Javob berish

100%

Javob berish