http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/06/24/newsbrief-02

Tojikiston chegarachilari YXHT kurslarida malaka oshirdi

Karvonsaroy

XORUGʻ, Tojikiston – 17-22-iyun kunlari Tojikistonning Xorugʻ shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) tojik chegarachilari uchun moʻljallangan 3-bosqich treninglari yakunlandi, deb xabar beriladi dushanba (24-iyun) kungi YXHT bayonotida.

“Trening yil boshida Xatlon va Soʻgʻd viloyatlarida olib borilgan shu kabi oʻquv kurslarining soʻnggisi boʻldi”, deyiladi bayonotda. Barcha kurslar avvalgi YXHT kurslarini tamomlagan Tojikiston chegara qoʻshinlari aʼzolari tomonidan olib borilgan.

YXHT bayonotiga koʻra, uchta ikki haftalik kurslarda 100 ta chegara xodimi qanday qilib samarali kuzatuv olib borish, birinchi yordam va operativ rejalashtirish saboqlarini oldi.

Shu bilan birga, kurslarda “patrul nazorati olib borish, minasizlantirish haqida maʼlumot berish, chegara xizmatida gender muammolari hamda kinologlar xizmati ham qamrab olindi”, deyiladi hujjatda.

“Trening davomida chuqur professional malakaga ega mutaxassislardan olingan barcha bilim va koʻnikmalarni kundalik faoliyatimizda qoʻllashimiz biz uchun juda muhim”, dedi trening ishtirokchisi Davlathusainov Avliyohusayn.

“Mazkur oʻquv kurslari Tojikiston milliy chegara strategiyasi ijrosining muhim qismi hisoblanadi. Dushanbedagi YXHT dasturlari idorasi chegara qoʻshinlarining salohiyatini oshirish va shu bilan davlat xavfsizligi va barqarorligiga hissa qoʻshishda Tojikistonni qoʻllab-quvvatlashda davom etadi”, dedi Dushanbedagi YXHT dasturlari idorasi rahbari Valeriu Chiveri.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha