Karvonsaroy

YXHT oʻzbek ayollariga boshqaruvchilik qobiliyatini rivojlantirishga yordam bermoqda

NV Maksimenko

TOSHKENT – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) 10-29-iyun kunlari Oʻzbekiston hamda qozogʻistonlik 200 ta kichik va oʻrta boʻgʻindagi rahbar ayollarni tayyorlashga qaratilgan uch haftalik treningni oʻtkazadi, deb xabar qilingan YXHTning dushanba (24-iyun) kungi bayonotida.

Trening ishtirokchilari orasida yengil sanoat, oziq-ovqatni qayta ishlash, turizm va iqtisodning boshqa turli sohalarida faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston tadbirkor ayollar uyushmasining aʼzolari ham bor.

Tadbirda Qozogʻistondan kelgan 12 nafar tadbirkor ayol ham qatnashmoqda.

Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti fakulteti aʼzolari “biznes boshqaruvi va biznes gʻoyalarni yaratish, fundamental marketing konsepsiyalari va marketing strategiyasi, moliyaviy boshqaruv mavzularida maʼruza qildilar”, deyiladi bayonotda.

Kurs doirasida murabbiylarga saboq berish boʻlimi ham mavjud boʻlib, unda ishtirokchilar olgan bilimlari bilan oʻrtoqlashadilar.

YXHTning Oʻzbekistondagi loyiha koordinatori tomonidan 2017-yilda tashkil etilgan tadbirkor ayollar uchun moʻljallangan treninglar “YXHT hududida ayollar va korxonalar oʻrtasida tarmoq yaratishga xizmat qiladi”, deyiladi bayonotda.

Oʻquv kurslari “ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik rejalarni tuzish, loyihalash va amalga oshirishga, brend-menejmentni takomillashtirish, savdoni kuchaytirish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, qishloq joylarda yanada koʻproq ish oʻrinlari yaratish orqali xodimlarni ragʻbatlantirishga” imkon beradi, deyiladi xabarda.

Oʻquv kursi Germaniya, Norvegiya va Niderlandiya hukumatlari tomonidan moliyalashtirilgan.

Xotin-qizlarga taʼlim berish hamda ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish ekstremizm tarqalishining oldini olish usullaridan biri sanaladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500