Karvonsaroy

Qirgʻiz parlamenti sobiq prezidentni daxlsizlikdan mahrum qildi

AFP

BISHKEK – Qirgʻiziston parlamenti aʼzolari payshanba (27-iyun) kuni mamlakat sobiq prezidentining daxlsizlik huquqini bekor qildi, u yer sotib olish bilan bogʻliq qonunbuzarliklar va korruptsiyada ayblanib javobgarlikka tortilishi mumkin.

Parlamentning 103 aʼzosi Almazbek Atambayevni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishni yoqlagan, 6 kishi qarshi ovoz bergan. U 2011-2017-yillar davomida prezidentlik qilgan edi.

Eng nochor postsovet davlatlardan biri boʻlgan Qirgʻiziston 1991-yilda mustaqillikka erishganidan beri yuzlab radikallashgan fuqarolarning “Islom davlati” (ID) guruhiga qoʻshilish uchun Suriyaga ketishi kabi turli muammolar bilan yuzma-yuz kelgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500