Karvonsaroy

BMT vakillari Ashxobodda turkmanistonlik tadbirkorlar bilan ishsizlik muammolarini muhokama qildilar

Jumaguli Annayev

ASHXOBOD – Payshanba (27-iyun) kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) missiyasi aʼzolari Ashxobodda Turkmaniston sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasiga (TSTU) tashrif buyurib, ishsizlikning salbiy oqibatlarini muhokama qildilar, deb xabar berdi TSTUdagi anonim manba.

Missiyaga BMTning aksilterror faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi rahbari Kristofer O. Donnell rahbarlik qildi. Ishsizlik va iqtisodiy qiyinchiliklar ekstremizmning sabablari hisoblanadi.

Tomonlarning tasdiqlashicha, ishsizlik muammosini hal etish mamlakatdagi ijtimoiy muammolarga qarshi kurashga yordam beradi.

Xorijiy OAV maʼlumotlariga koʻra, hozirda mamlakatdagi mehnatga layoqatli aholining 60 foizi ishsiz.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 14-iyun kuni turkman yoshlarini mehnat bozoriga moslashtirishga qaratilgan koʻmak dasturini tasdiqlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500