Karvonsaroy

Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri rasmiy tashrif bilan Vashingtonga keldi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov dushanba (1-iyul) kuni AQSHga rasmiy tashrifini boshladi, deb xabar berdi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi.

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoning taklifiga binoan amalga oshirilgan tashrif Atamqulovning tashqi ishlar vaziri sifatidagi va iyun oyida Qosim-Joʻmart Toʻqayev prezident etib saylanganidan keyingi ilk tashrifi hisoblanadi.

Ikki kunlik tashrifi chogʻida Atamqulov, boshqa rasmiylar va Qozogʻiston ishbilarmon doiralari vakillari Qoʻshma Shtatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar.

Tashrif ikki mamlakat oʻrtasidagi biznes aloqalarini rivojlantirishga qaratiladi.

Qozogʻiston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlik oʻsha vaqtdagi prezident Nursulton Nazarboyevning 2018-yil yanvar oyida Vashingtonga tashrifi chogʻida kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500