Karvonsaroy

Tojik hukumati Suriyadan qaytarilgan ID jangarilarining farzandlari masalasida bosh qotirmoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston hukumati ID safiga qoʻshilish uchun Yaqin Sharqqa borgan fuqarolarning Suriyadan qaytarilgan farzandlarini qayerga joylashtirish ustida bosh qotirmoqda. Bu haqda seshanba (2-iyul) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining (RFE/RL) tojik xizmati xabar qildi.

84 nafar bola 30-aprel kuni maxsus reys bilan Iroqdan olib kelinganlar orasida boʻlgan. Ularning ota-onalaridan ayrimlari oʻlgan, ayrimlari esa Iroq qamoqxonalarida saqlanmoqda.

Shu haftada Tojikiston hukumat komissiyasi ularni qarindoshlariga topshirish yoki mehribonlik uylari va maktab-internetlarga joylashtirish masalasiga aniqlik kiritadi, deb yozadi Ozodlik radiosi.

Komissiya nechta bolani oʻz oilasiga, nechtasini davlat muassasalariga topshirishga qaror qilgani ochiqlanmagan.

Hukumat qaytarilgan barcha bolalar yuzasidan ikki kun ichida qaror qabul qiladi, dedi Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vaziri oʻrinbosari Shodixon Djamshed.

Farzandlari soni beshtagacha yetadigan oilalarning bolalarni boqa olish imkoniyati, safari davomida kamida “uch yoki toʻrt ismi” boʻlgan bolalarning ruhiy holati va shaxsini aniqlashtirish masalasi hukumatni tashvishga solmoqda, dedi u.

Hukumatning rasmiy maʼlumotlariga koʻra, 2014-yildan beri Tojikistonning 1900 ga yaqin fuqarosi Suriya va Iroqqa borgan boʻlib, ularning taxminan 300 nafari oʻsha yerda halok boʻlgan deb hisoblanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500