Karvonsaroy

Pompeo: AQSH Qozogʻiston bilan aloqalarni kuchaytirishga intilmoqda

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – Amerika Qoʻshma Shtatlari Qozogʻiston bilan aloqalarni “mustahkamlash” niyatida. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashuvidan soʻng maʼlum qildi, deb xabar bergan chorshanba (3-iyul) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Atamqulov dushanba-seshanba (1-2-iyul) kunlari Vashingtonda Pompeo va AQSHning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton bilan muzokara oʻtkazgan.

Atamqulov bilan uchrashuv “ajoyib oʻtdi”, deb yozgan Pompeo 2-iyul kuni Tvitterda. “Qoʻshma Shtatlar Amerika va Qozogʻiston oʻrtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklikni qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi va yangi prezident @TokayevKZ hukumati bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlashidan umidvor.”

Qosim-Joʻmart Toʻqayev iyun oyida prezident etib saylangan edi.

Pompeo Atamqulov bilan muzokaralar chogʻida Qozogʻistonning Suriyadan oʻz fuqarolarini qaytarish va ularni jamiyatga qayta moslashtirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi”, deyiladi AQSH Davlat departamenti bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu yaxshi.

Javob berish