Karvonsaroy

Afgʻonistonda qolgan soʻnggi tojikistonlik mahbuslar vataniga qaytarildi

Karvonsaroy

KOBUL – Afgʻoniston hukumati afgʻon qamoqxonalarida qolayotgan soʻnggi sakkiz nafar tojikistonlik mahbusni vataniga topshirdi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosining tojik xizmati seshanba (2-iyul) kuni.

Tojikiston soʻnggi sakkiz mahbusni oʻtgan hafta qabul qilib oldi, dedi Tojikistonning Afgʻonistondagi elchisi Sharofiddin Imomov. Ularning qanday jinoyat sodir etganliklari haqida xabar berilmagan.

“Afgʻoniston qamoqxonalarida vatandoshlarimiz qolmadi”, deb aytgan u RFE/RL radiosiga.

Bunga javoban Tojikiston oʻz hududidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 80 ta afgʻonistonlik mahbusni qaytarishga rozilik bergan, dedi Imomov. Ularni “qay tarzda Afgʻonistonga yetkazish masalasi” yagona muammo boʻlib turibdi.

Tojikiston terrorchilar va tojik chegarachilarga oʻq uzgan narkofurushlar kabi jiddiy jinoyatlar sodir etgan afgʻonistonliklar qoʻyib yuborilmasligini bildirgan.

Dushanbeda may oyida oʻtkazilgan uchrashuvda Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tojikistondagi 90 dan ortiq afgʻonistonlik mahbusdan 80 tasini ozod qilishga kelishib olgan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500