Karvonsaroy

Suriyadagi turkmanistonlik ID jangarilari magʻlubiyatdan soʻng tarqalib ketishgan

Jumaguli Annayev

ASHXOBOD – “Islom davlati” (ID) AQSH qoʻllovidagi kuchlar tomonidan tor-mor etilganidan soʻng, terrorchilik tashkilotining turkmanistonlik sobiq aʼzolari tarqalib ketishgan. Bu haqda chorshanba (3-iyul) kuni Venadagi inson huquqlari boʻyicha Turkmaniston tashabbusi (TIHR) Turkiyadagi manbalarga asoslanib bergan bayonotida maʼlum qilgan.

“Ularning ayrimlari Afgʻonistonning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlariga koʻchib oʻtgan, qolganlari esa Bashar Asad hukumatiga qarshi kurashayotgan Ozod Suriya Armiyasiga (OSA) qoʻshilgan”, deyiladi TIHR bayonotida.

Oʻzini Qaqajon deya tanishtirgan turkmanistonlik OSA aʼzolaridan birining aytishicha, u va boshqa bir qancha turkmanlar Turkiya orqali Turkmanistonga oʻtishga uringanlar, ammo buning uddasidan chiqa olmagach, Asadga qarshi kurashayotgan kuchlarga qoʻshilganlar.

ID safida jang qilgan bir necha yuz turkmanistonlik ayni damda Suriyadagi Homs shahrida boʻlib turibdi, deb xabar bergan TIHR shahardagi qochqinlarga asoslanib.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500