Karvonsaroy

Putin AQSH bilan tuzilgan yadroviy raketalar bitimini rasman toʻxtatdi

Karvonsaroy va AFP

MOSKVA – Rossiya prezidenti Vladimir Putin chorshanba (3-iyul) kuni AQSH sobiq prezidenti Ronald Reygan va sovet yetakchisi Mixail Gorbachev oʻrtasida imzolangan qurollanish nazorati boʻyicha muhim bitimni vaqtincha toʻxtatib turuvchi hujjatni imzoladi.

Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi (INF) shartnomasi 1987-yilda Rossiya va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasida imzolangan.

Qoʻshma Shtatlar shartnomaning Rossiya tomonidan buzilishi sababli undan voz kechishini eʼlon qilganidan soʻng, mart oyida Moskva INF shartnomasidagi ishtirokini toʻxtatgandi.

Bir necha yil davom etgan rasmiy shikoyatlar va muammoni diplomatik yoʻl bilan hal etish urinishlaridan soʻng, AQSH va uning NATO boʻyicha ittifoqchilari Rossiya Sovuq urush davrining muhim shartnomasini “ochiqdan-ochiq buzmoqda” degan xulosaga kelishdi.

Vashington 2013-yildan beri Kremlning INF bitimi talablarini buzib kelayotganini taʼkidlagan. Bu AQSH Davlat departamentining 2014-2018-yillar davomida chiqarilgan yillik hisobotlarida oʻz aksini topgan.

Chorshanba kuni Putin shartnomani yangilash haqidagi har qanday qaror Rossiya prezidenti tomonidan qabul qilinishini koʻzda tutuvchi hujjatni imzolab, bitimni rasman toʻxtatgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500