Karvonsaroy

Tojikistonda 14 mahbusning zaharlanib oʻlishi yuzasidan tergov boshlandi

AFP

DUSHANBE – Tojikistonda mahbuslarni boshqa qamoqxonaga koʻchirish vaqtida 14 mahbus ovqatdan zaharlanish natijasida hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda dushanba (8-iyul) kuni Adliya vazirligi xabar berdi. Taxminlarga koʻra, mahbuslardan biri ularga zaharlangan non tarqatgan.

Favqulodda hodisa yakshanba (7-iyul) kuni 100 dan ortiq mahbusni, shu jumladan 8 ayolni mamlakat shimolidagi qamoqxonadan janubdagi koloniyaga koʻchirish vaqtida yuz bergan.

Vazirlik xabarida aytilishicha, yoʻldagi qisqa toʻxtash chogʻida mahbuslardan biri avtomashinalarning birida ketayotgan 16 mahbusga non tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, “mashinalardan birining orqa tarafida ketayotgan 16 nafar mahbus nonni isteʼmol qilganidan soʻng yarim soat oʻtib, boshi aylanib, qusa boshlagan”.

Shifokorlar mahbuslarning faqat ikki nafarining hayotini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan, deyiladi “Xovar” davlat axborot agentligi xabarida.

Vazirlikning xabar qilishicha, davlat prokurori hodisa yuzasidan jinoiy ish ochgan.

Bungacha may oyida Dushanbe yaqinida joylashgan qamoqxonadagi gʻalayon natijasida 32 kishi, jumladan, 3 qoʻriqchining halok boʻlgani mamlakatdagi qamoqxonalar xavfsizligi boʻyicha xavotirlarni keltirib chiqargan.

Hukumat tartibsizliklar “Islom davlati” (ID) guruhini ayblagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500