Karvonsaroy

Markaziy osiyolik talabalar YXHT yozgi maktabida inson huquqlari va kiberxavfsizlik boʻyicha saboq oladilar

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) dushanba (8-iyul) kuni Nur-Sultonda yuridik fakultetlar talabalari va yosh huquqshunos-tadqiqotchilar uchun inson huquqlari va kiberxavfsizlik oʻrtasidagi munosabatlarga bagʻishlangan yozgi maktabni tashkil etdi.

Qozogʻiston, Qirgʻiziston va rossiyalik oʻttiz nafar huquqshunos talaba hamda yosh tadqiqotchilar kibermakonda inson huquqlarini rivojlantirish va amalga oshirishning muhim huquqiy jihatlarini oʻrganadilar, deyiladi YXHT xabarida.

Besh kunlik yozgi maktabda ishtirokchilar internetni boshqarish sohasidagi milliy va xalqaro siyosat, shuningdek “fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish va ulardan foydalanish” bilan bogʻliq muammolar va imkoniyatlarni muhokama qiladilar.

Trening davomida kibermakondagi jamoaviy daxlsizlik, shaxsiy maʼlumotlarni boshqarish va himoya qilish qoidalari, shuningdek, internetdagi xavfsizlikni yaxshilashga qaratilgan choralar muhokama qilinadi.

Ishtirokchilarga, shuningdek, “inson huquqlari va kiberxavfsizlik masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikka oid umumiy loyiha gʻoyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi”, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500