Karvonsaroy

Qozogʻiston Afgʻoniston masalasida muzokara oʻtkazishni taklif qildi

Karvonsaroy

SHTREBSKE PLESO, Slovakiya – Qozogʻiston hukumati seshanba (9-iyul) kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga (YХHT) Nur-Sultonda Afgʻoniston boʻyicha muzokaralarga mezbonlik qilish taklifini bildirdi, deb xabar beradi “Yangi Yevropa” nashri.

“Qozogʻiston tomoni YXHTning doimiy aʼzo-mamlakatlari vakillarining Qozogʻistonga (boʻlajak) tashrifi munosabati bilan Afgʻoniston boʻyicha tadbir oʻtkazish taklifini bildirdi”, deyiladi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov bu haqda seshanba kuni Slovakiyada YXHT vazirlar yigʻilishida tashkilot raisi va Slovakiya tashqi ishlar vaziri Miroslav Laychak bilan oʻtkazgan muzokaralari chogʻida bayonot bergan.

Nur-Sultondagi uchrashuv YXHTning Afgʻonistondagi nizoni hal etish va mamlakatni tiklashdagi rolini oshirishga xizmat qiladi, deyiladi vazirlik xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500