YXHT majlisida Markaziyo Osiyo mintaqaviy tashkilotlari oʻrtasidagi hamjihatlik muhokama qilindi

Karvonsaroy

VENA – Payshanba (10-iyul) kuni Venada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) xavfsizlik boʻyicha hamkorlik kengashi Tojikiston raisligidagi majlisini oʻtkazdi.

Ishtirokchilar Markaziy Osiyoda mintaqaviy tashkilotlar, xususan, YXHT, Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) va Yevropa Ittifoqi (YI) oʻrtasidagi hamkorlik tajribasi va ilgʻor amaliyotiga eʼtibor qaratdilar.

Uchrashuv yuqori darajali mansabdorlar uchun hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, transmilliy va joriy tahdidlarga qarshi umumiy majburiyatlar boʻyicha fikr almashish imkonini berdi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bosh kotibi Vladimir Norov SHHT va YXHT oʻrtasidagi yaqin hamkorlikning ahamiyatini alohida taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, tashkilotlar nafaqat Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda, balki Yevroosiyo mintaqasida ham yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurash hamda barqaror rivojlanishga koʻmaklashishda birgalikda harakat qilishlari lozim.

Markaziy Osiyodagi mintaqasidagi ijobiy dinamika hamda hududiy va xalqaro hamkorlik uchun ochiqlik oʻzaro hamjihatlik uchun yangi imkoniyatlarni ochadi, dedi YXHT bosh kotiti Tomas Greminger.

Uning soʻzlariga koʻra, sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish – mintaqaviy tashkilotlar tarafidan ushbu umidli tendentsiyaga berilgan kollektiv javobning asosi boʻlishi kerak.

“Biz idoralararo hamkorlikni faollashtirishga tayyormiz. Terrorizm, narkotiklar va odam savdosiga qarshi kurash, shuningdek, Markaziy Osiyoda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish hamda iqtisodiy va ekologik xavfsizlikni kuchaytirish kabi koʻplab sohalarda salohiyat mavjud”, dedi Greminger.

“Biz Markaziy Osiyoning global xavfsizlik va barqarorlikdagi strategik ahamiyatini toʻla anglab yetdik”, dedi YIning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Piter Buryan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiyasini nazarda tutib.

Sizga maqola yoqdimi?

0
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha