Karvonsaroy

Qozogʻiston va Qirgiziston oʻrtasidagi yopilgan chegara punktlari qayta ishga tushiriladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qozoq va qirgʻiz rasmiylari ikki mamlakat oʻrtasidagi yopiq chegara punktlarini qaytadan ishga tushirish boʻyicha yoʻl xaritasini tasdiqladilar, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Bu haqda juma (12-iyul) kuni Bishkekda oʻtgan Qirgʻiziston-Qozogʻiston hukumatlararo kengashi majlisidan soʻng, Qozogʻiston bosh vaziri Askar Mamin maʼlum qilgan.

Tomonlar qozoq-qirgʻiz chegarasidagi nazorat-oʻtkazish punktlarini modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qilganlar.

2010-yilda Qirgʻiziston prezidenti Qurmanbek Bakiyevning hokimiyatdan chetlatilishi ortidan Qozogʻiston hukumati ikki oʻrtadagi bir nechta chegara punktlarini yopib qoʻygan edi.

“Islom davlati” (ID) guruhiga qoʻshilish uchun ikkala mamlakatdan ham yuzlab radikallashgan fuqarolar Suriya va Iroqqa chiqib ketgan edi. Guruh “xalifaligi” tor-mor etilganidan beri bu ikki davlat oʻzaro chegaralarni boshqarishda yaqindan hamkorlik qilib keladi.

2010-yilda Qirgʻizistonda yuz bergan beqarorlik oʻtmishga aylanib borar ekan, Qozogʻiston ikki oʻrtadagi chegara punktlarini izchillik bilan qaytadan ishga tushirmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500