Karvonsaroy

Qirgʻizistonda rossiyalik “ekstremist” qoʻlga olindi

Karvonsaroy

JALOLOBOD, Qirgʻiziston – Qirgʻiz militsiyasi Jalolobod shahrida Rossiya qamoqxonasidan qochgan mahbusni qoʻlga oldi. U Rossiyada ekstremizmga aloqador jinoyatlar sodir etishda ayblanib sudlangan, deb xabar beradi 24.kg juma (12-iyul) kuni.

Jalolobod militsiyasiga koʻra, 45 yashar Y. K. ismli shaxs qonunga xilof tarzda oʻqotar qurol saqlashda gumon qilinmoqda.

Soʻroq vaqtida gumondor shahardagi qabristonlarning biriga oʻqotar qurol yashirib qoʻyganini tan oldi, militsiya tomonidan “Ij K-20” ov miltigʻi va 7,62 mm kalibrli 20 dona oʻq topilgan.

Hibsga olingan shaxs Rossiyaning Astraxanida “ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlar uchun qamalgan edi. Y.K. qamoqdan qochgan va Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan qidiruvda boʻlgan”, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500