Karvonsaroy

Tojikistonda USAID koʻmagida axborot olish erkinligiga oid loyiha amalga oshirilmoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikistonning “Inson huquqlarini himoya qilish mustaqil markazi” nodavlat tashkiloti axborot olish erkinligini taʼminlashga qaratilgan yangi loyihani ishga tushirdi, deb xabar beradi dushanba (15-iyul) kuni Asia-Plus.

“Tojikistonda OAV uchun huquqiy muhitni takomillashtirishga koʻmaklashish” dasturi AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) yordamida amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʻplamini tayyorlash, yuristlar uchun oʻquv seminarlari, OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar faollari uchun huquqiy maslahatlashuvlarni oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500