Karvonsaroy

Oʻzbekiston neft-gaz kompaniyasidagi davlat ulushini sotadi

AFP

TOSHKENT – Energoresurslarga boy Oʻzbekiston juma (12-iyul) kuni davlatga qarashli energetika kompaniyasi ulushini sotuvga qoʻyish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Markaziy Osiyodagi bu mamlakat anchadan beri yopiq boʻlgan sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga intilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan restrukturizatsiya loyihasiga koʻra, 2024-yilga qadar “Oʻzbekneftegaz” aktsiyalarining 49 foizini sotish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston energetika vazirligi.

“Aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish yoʻli bilan “Oʻzbekneftegaz ”ga investitsiyalar jalb qilish choralari koʻrilishi lozim”, deyiladi vazirlik xabarida.

Restrukturizatsiya natijasida mamlakat boʻylab neft va gaz tranzitini amalga oshiruvchi “Oʻztransgaz” kompaniyasi “Oʻzbekneftegaz” tarkibidan chiqariladi.

Ushbu chora energiyaga boʻlgan ichki va tashqi ehtiyojni qondirish va investitsiyalar jalb qilish uchun zarur, deb bayonot bergan energetika vazirligi.

Juma kuni “Oʻzbekneftgaz” raisi Bahodirjon Siddiqov Oʻzbekistonda yaqin 20-30 yilga yetadigan uglevodorod zaxiralari mavjudligini aytgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500