Karvonsaroy

Qirgʻizistonning yosh tadbirkorlari YXHT treningida qatnashdilar

Karvonsaroy

OʻSH, Qirgʻiziston – Oʻshdagi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) koʻmagida ilk bor biznes boshqaruvi boʻyicha toʻrt haftalik “mini-MBA” kurslarini tashkil etdi.

YXHT xabariga koʻra, 30 nafar oʻshlik yosh tadbirkor 12-iyul kuni toʻrt haftalik kursni yakunlagan.

Kurs mahalliy tadbirkorlar salohiyatini kuchaytirish, jumladan, ularning biznesni boshqarish boʻyicha koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan. Ishtirokchilar savdo hajmini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va uzoq muddatli tarmoqlarni yaratishga moʻljallangan vositalar bilan amaliy tajriba orttirdilar.

Oʻquv kursi strategik va moliyaviy boshqaruv, inson resurslarini boshqarish, marketing va savdo boʻyicha mutaxassislar bilan interaktiv treninglarni oʻz ichiga oldi.

Qatnashchilar nazariy bilimlarga ega boʻlibgina qolmay, balki oʻz biznes-keyslaridan foydalangan holda muammolarni hal qilishni oʻrgandilar.

Mamlakatga farovonlikni taʼminlashga koʻmaklashuvchi vositalarni taqdim etish ekstremizm jozibadorligini kamaytirish usullaridan biri hisoblanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500