Karvonsaroy

Qozogʻiston AQSHning uran kvotalariga qarshi qarorini qoʻllab-quvvatladi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozogʻiston energetika vazirligi AQSH prezidenti Donald Trampning AQSHda uran qazib olish hajmini oshiruvchi kvotalar joriy etmaslik haqidagi qarorini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda chorshanba (17-iyul) kuni Kazinform nashri xabar berdi.

12-iyul kuni Tramp kvotalar belgilashni rad etgan. Reyter xabariga koʻra, AQSHning uran ishlab chiqarish korxonalari va ayrim kongressmenlar mamlakat yadroviy stansiyalarining Rossiya, Xitoy va Qozogʻistonga bogʻliq ekanini taʼkidlaganlar.

“Qozogʻiston Qoʻshma Shtatlar bilan yadro sanoati va yadro qurollarini tarqatmaslik rejimini kuchaytirish borasidagi ikki tomonlama hamkorlikka katta eʼtibor qaratadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Bayonotda davlatlarning “energetika sohasidagi uzoq muddatli va muvaffaqiyatli tarixi” alohida taʼkidlanadi.

Yadroviy xavfsizlik masalalarida yetakchi boʻlishga intiladigan Qozogʻiston yadro salohiyatiga ega qudratli davlatlarning uranni boyitishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 2017-yilda kam toʻyintirilgan uran zahirasi bankini ishga tushirgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500