Karvonsaroy

Tojikiston va Afgʻoniston Turkmanistonga boradigan temiryoʻl yuzasidan kelishuvga erishdi

Karvonsaroy

DUShANBE – Tojikiston va Afgʻoniston bu ikki mamlakatni Turkmaniston bilan bogʻlaydigan temiryoʻl qurilishi boʻyicha kelishuvga erishdilar. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar berdi.

Bu haqda chorshanba (17-iyul) kuni Dushanbeda Tojikiston bosh vaziri oʻrinbosari Suhrob Mirzozoda maʼlum qilgan.

Mirzozodaga koʻra, tomonlar bu masalani iyul oyi boshida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha tojik-afgʻon komissiyasining Dushanbeda oʻtgan majlisida muhokama qilganlar.

Uning aytishicha, hozirda Tojikiston-Afgʻoniston ishchi guruhi yoz oxirigacha imzolanishi kutilayotgan shartnomani ishlab chiqmoqda. Shundan soʻng, loyihani moliyalashtirish ishlari boshlanadi, deb qoʻshimcha qildi u.

Afgʻoniston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari 2013-yilning 5-iyun kuni uch mamlakatni bogʻlaydigan Turkmaniston-Afgʻoniston-Tojikiston (TAT) temir yoʻli qurilishini boshlab bergan edilar.

Temiryoʻlning taklif etilgan yoʻnalishlari oʻzgargan boʻlsa-da, uning uzunligi Turkmanistonning Otamurod shahridan Afgʻoniston orqali Tojikistonning Panj shahrigacha – 400 kilometr uzunlikda boʻlishi koʻzda tutilgan.

Rejadagi temiryoʻl Hind okeani orqali Markaziy Osiyo va jahon bozori oʻrtasida transport yoʻlagini ochish boʻyicha mintaqaviy tashabbusning bir qismidir. U Markaziy Osiyo uchun Boltiq dengizi orqali Rossiya hududidan kesib oʻtishdan ancha qisqaroqdir.

Afgʻonistonga qoʻshni mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish yoʻli bilan ekstremizmni yengishga yordam beradigan turli tashabbuslarni ilgari surmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500