Milliy xavfsizlik boʻyicha AQSH maslahatchisi Oʻzbekistondagi islohotlarni olqishlaydi

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 17-iyul kuni Vashingtonda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton bilan xavfsizlik va boshqa masalalar yuzasidan muzokara oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV xabar berdi.

“Bugun Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Kamilov bilan ajoyib uchrashuv oʻtkazdik. Biz umumiy manfaatlarning keng doirasini va sherikchiligimizni rivojlantirishning eng yaxshi yoʻllarini muhokama qildik”, deb yozgan Bolton Tvitterdagi sahifasida.

“Biz Oʻzbekistondagi islohotlar va ularning butun Markaziy Osiyoga ijobiy taʼsirini olqishlaymiz va AQSH-Oʻzbekiston hamkorligining yanada chuqurlashuviga umid qilamiz”, dedi u.

Uchrashuvda 2018-yil may oyida tomonlarning qoʻshma bayonoti bilan boshlangan strategik hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Tashqi ishlar vazirligiga koʻra, AQSH tomoni Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi barqarorlikni taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlarini olqishlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

3
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha