Karvonsaroy

Tojikistonda bola huquqlarini poymol qilgan 100 dan ortiq ota-onaga jazo choralari koʻrildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 2019-yilning birinchi yarmida Tojikistonda farzandini maktabga yubormagan va voyaga yetmagan qizlarini turmushga bergan 103 nafar ota-onaga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Asia-Plus nashri juma (19-iyul) kuni mamlakat bosh prokuraturasiga tayanib xabar qildi.

Tojikistonda qizlarning 18 yoshdan turmushga chiqishiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, 2230 nafar ota-onaga farzandining maktabdagi davomadini taʼminlay olmagani uchun 165 somoniydan (18 AQSH dollari) jarima solindi, deb xabar bergan prokuraturadagi rasmiy manba.

Tojikistonda 7-16 yoshdagi bolalarning maktabga borishi majburiy hisoblanadi.

Bolalarning maktabga borishiga toʻsqinlik qilish ikki yilgacha qamoq jazosi, voyaga yetmagan qizlarni turmushga berish esa 6 oylik qamoq yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Bolalarga oʻqishini tugatib olishga imkon berish va qizlarning erta turmushga chiqishiga qarshi kurash mamlakatda ekstremizmning oldini olish usullardan biri sifatida koʻriladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500