AQSH Afgʻoniston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaralararo savdoni qoʻllab-quvvatlaydi

Karvonsaroy

TOSHKENT – AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Afgʻoniston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdoni rivojlantirishga qaratilgan haftalik seminarni oʻtkazish orqali Afgʻonistondagi xususiy sektorning iqtisodiy oʻsishini qoʻllab-quvvatlamoqda. Bu haqda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi 18-iyul kungi bayonotida maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Afgʻonistonga farovonlikka erishish va ekstremizmga qarshi kurashda koʻmaklashib kelmoqda.

AQSH Savdo vazirligi maʼlumotlariga koʻra, “Savdoga koʻmaklashish va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish” deb nomlangan seminar 14-20-iyul kunlari Toshkentda boʻlib oʻtmoqda.

Yevropa Ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro savdo markazi va Xalqaro avtomobil transporti uyushmasining rasmiy vakillari ishtirokida taqdimotlar va guruh muhokamalari oʻtkazildi.

Tadbirda Afgʻonistonning 30 dan ziyod davlat organlari xodimlari, 65 ta xususiy afgʻon kompaniyasi, Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari qatnashdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

1
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha