Karvonsaroy

Asli qozogʻistonlik AQSH fuqarosi Suriyada “Islom davlati” safida jang qilishda ayblanmoqda

Karvonsaroy

NYU-YORK – Kelib chiqishi qozogʻistonlik boʻlgan AQSH fuqarosi Suriyada “Islom davlati” (ID) safida jang qilish va guruh aʼzolariga quroldan foydalanish boʻyicha taʼlim berishda ayblanib, Nyu-Yorkda sud qilinmoqda. Bu haqda oʻtgan hafta Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi AQSH Adliya vazirligiga tayanib xabar qilgan.

Adliya vazirligi xabariga koʻra, Ruslan Asainov ID safida 5 yil jang qilgan. Suriya demokratik kuchlari uni ushlab, amerika harbiylariga topshirganlar.

U Nyu-Yorkdan Turkiyaga safar qilgan, soʻngra 2013-yilda Suriyaga borgan va 2018-yilda qoʻlga olingan, deb xabar bergan AQSH federal sudi prokurorlari.

Asainov ID mergani va qurol-yarogʻ yoʻriqchisi boʻlgan. Shuningdek, u guruh safiga odam yollashga urinishda ham ayblangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500