Karvonsaroy

Oʻzbekistondagi neftni qayta ishlash zavodi Afgʻonistonga neft mahsulotlari yetkazib beradi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Fargʻona neftni qayta ishlar zavodi 2020-yildan Afgʻonistonga 1 mln. tonnagacha neft mahsulotlari yetkazib berishni boshlaydi, deb xabar beradi “Fargʻona Nyus” axborot agentligi chorshanba (24-iyul) kuni.

Neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish uchun mablagʻ ajratgan Indoneziyaning “Trans Asia Resources” kompaniyasi Afgʻonistonga neft mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha “afgʻon rasmiylari bilan kelishuv imzolagan”, dedi oʻzbek korxonasi vakili.

Neftni qayta ishlash zavodi vakilining soʻzlariga koʻra, yetkazib beriladigan mahsulotlar ichida benzin va dizel yoqilgʻisi ham boʻladi. Biroq, afgʻon kompaniyalari bilan shartnoma yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.

Zavod, shuningdek, Tojikiston va Qirgʻizistonga ham mahsulot sotishni rejalashtirmoqda, deb qoʻshimcha qildi u.

Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlikka oid turli loyihalar yordamida Afgʻonistonga ekstremizmni taraqqiyot yoʻli bilan yengishga yordam bermoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500