http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/07/30/newsbrief-01

Afgʻoniston ID aʼzosi deb gumonlangan tojikistonlikni vataniga qaytardi

Karvonsaroy

KOBUL – Afgʻoniston hukumati “Iroq va Shom islom davlati” (ISHID) guruhiga aʼzolikda gumon qilingan 19 yashar tojikistonlikni vataniga qaytardi. Bu haqda dushanba (29-iyul) kuni tojik hukumatidagi manbalarga tayanib, Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) xabar bergan.

Shodijon Boyev Afgʻonistondagi ID safida jang qilishda ayblangan birinchi Tojikiston fuqarosi boʻlishi mumkin.

Ozodlik radiosi manbalariga koʻra, Amerika maxsus qoʻshinlari tomonidan Nangarxor viloyatida ushlangan Boyev iyun oyi oxirida Tojikistonning Koʻlob shahriga ekstraditsiya qilingan.

Boyev 2016-yilda qurilishda ishlash uchun Rossiyaga borgan, u yerdan esa Turkiya, Eron, soʻngra Afgʻonistonga yoʻl olgan, deb aytgan uning otasi.

2018-yil yanvarda Koʻlob prokuraturasi Boyevning ISHIDga aloqadorligini isbotlovchi dalillarni aniqlaganidan beri, u Tojikistonda qidiruvda boʻlgan.

Yakshanba (28-iyul) kuni Tojikiston hukumati 80 dan ortiq afgʻonistonlik mahbusni afgʻon hukumatiga topshirgan edi, deb xabar beradi Ozodlik radiosi.

Mahbuslarni topshirish marosimi Quyi Panj nazorat-oʻtkazish punktida boʻlib oʻtdi.

80 nafar afgʻonistonlik jazo muddatining qolgan qismini vatanida oʻtaydi.

Oʻta xavfli jinoyatchi deb topilgan 10 dan ortiq boshqa afgʻon mahbuslari Tojikistonda qoldirilgan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha