Karvonsaroy

Qirgʻizistonda Putinga qarshi namoyishga chiqqan juftlik javobgarlikdan ozod qilindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mart oyida Bishkekka tashrifiga qarshi namoyishga chiqqan er-xotinga nisbatan ochilgan jinoiy ishni bekor qildi. Bu haqda chorshanba (31-iyul) kuni juftlikning advokati Zamir Jooshevga asoslanib, 24.kg nashri xabar bergan.

Nurlan Karimshakov va Gulzana Imayeva Putinning Bishkekka tashrifidan bir kun avval koʻtarib chiqqan yozuvlarning matni uch xil tahlildan oʻtkazilgach, shunday qaror qabul qilingan.

Plakatlarda Putin “tajovuzkor” va “bosqinchi” deb atalgan.

Jooshevning aytishicha, tahlilchilar plakatlarni oʻrganib chiqib, ular qandaydir etnik, irqiy, diniy yoki boshqa guruhlarni qoralovchi mazmunga ega emas, degan xulosaga kelishgan.

Qirgʻiziston fuqarolari Rossiyaning mamlakatdagi asosiy sayyohlik maskani boʻlmish Issiqkoʻldan harbiy mashqlar maydoni sifatida foydalanishi kabi xatti-harakatlariga norozilik bildirgan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Toʻgʻri. Biz oʻzimiz Rossiyada Putinni yomon koʻramiz va uning hukmronligidan charchaganmiz.

Javob berish

Biz deganingiz kim u? Stalin boʻlganida ovoz chiqarishga ham qoʻrqqan boʻlardingiz. Qoʻylar. “Charchashganmish”

Javob berish