Karvonsaroy

Qirgʻizistonlik faollar Suriya va Iroqdan 150 nafar ayol va yosh bolani olib kelishga tayyor

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻizistonlik faollardan biri hamyurtlari bilan birga Suriya va Iroqda qolib ketgan fuqarolar – asosan ayollar va bolalardan iborat 150 kishini qaytarishga tayyor ekanini maʼlum qildi, deb xabar beradi 24.kg payshanba (1-avgust) kuni.

“Davlatning yordamini kutib oʻtirishga hojat yoʻq”, dedi siyosatchi va jamoat arbobi Kubanichbek Toktosunov Bishkekda oʻtgan matbuot anjumanida.

Toktosunovning aytishicha, Iroq Kurdistoni va Suriyadagi lagerlarda mingdan ortiq qirgʻiz ayollari va bolalar azob chekmoqda. Ularning erlari va otalari esa qamoqqa olingan yoki oʻldirilgan boʻlishi mumkin.

“Lagerlarda bolalar ota-onasiz qolib ketgan holatlar ham yoʻq emas”, dedi Toktosunov. U koʻngillilar oʻz hisobidan ayollar va bolalarni vataniga olib kelib, ular uchun reabilitatsiya markazlari ochishga ham tayyor ekanini aytgan.

Toktosunovning jamoasi sentabr oyida 150 nafar qirgʻiz fuqarosini oʻz vataniga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500