Karvonsaroy

Tojikistonda AQSH Markaziy qoʻmondonligining koʻp tomonlama mashqlari boʻlib oʻtadi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) tomonidan tashkillashtirilgan “Mintaqaviy hamkorlik - 2019” koʻp tomonlama qoʻmondonlik-shtab mashgʻulotlariga mezbonlik qilmoqda, deya xabar beradi (CENTCOM).

Markaziy va Janubiy Osiyodagi mintaqaviy sheriklar bilan birgalikda Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo tomonidan tashkil etiladigan mashgʻulotlar 5-16-avgust kunlari Dushanbe shahrida boʻlib oʻtishi belgilangan.

Ularda AQSH, Tojikiston, Moʻgʻuliston va Oʻzbekistondan qariyb 200 xodim va pokistonlik kuzatuvchilar ishtirok etadilar.

AQSH Markaziy qoʻmondonligi maʼlumotlariga koʻra, oʻquv mashqlari chogʻida asosiy eʼtibor barqarorlik taʼminlash boʻyicha koʻp millatli operatsiyalar, terrorizm va uning tarqalishiga qarshi kurash hamda bu borada hamjihatlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, fuqarolar va harbiylarning birgalikdagi xatti-harakatlarini yaxshilash usullarini oʻrganishga qaratiladi.

Tadbir, shuningdek, chegara xavfsizligi va nazorati, narkotiklar va ommaviy qirgʻin qurollariga qarshi kurash choralari davomida xavfsizlik va axborot almashinuvi sohasiga oid tegishli mintaqaviy muammolarni hal etish uchun muhokama markazi boʻlib xizmat qiladi.

2001-yildan beri AQSH hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari har yili oʻtkaziladigan “Mintaqaviy hamkorlik” mashgʻulotlarida qatnashib keladi. Oʻtgan yilgi mashqlar Qoʻshma Shtatlarda oʻtkazilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500