Karvonsaroy

Qirgʻiziston 2019-2023-yillarga moʻljallangan kiberxavfsizlik strategiyasini tasdiqladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammedkali Abilgʻoziyev mamlakatning 2019-2023-yillar uchun moʻljallangan kiberxavfsizlik Strategiyasi va uni amalga oshirish rejasini maʼqulladi. Bu haqda seshanba (6-avgust) kuni 24.kg xabar berdi.

Mazkur strategiya bank, telekommunikatsiya va boshqa xizmat koʻrsatish infratuzilmalarining kiberxavfsizligini taʼminlash maqsadida, kompyuter bilan bogʻliq mojarolarga qarshi chora koʻrish guruhlarini tashkil etish, shuningdek, kibertahdidlarni monitoring qilish va ularga chora koʻrish markazlarini yaratishni oʻz ichiga oladi.

Hujjatda shuningdek, kompyuter jinoyatlariga qarshi kurashning huquqiy-metodologik asoslarini shakllantirish va axborot xavfsizligi milliy markazini yaratish ham koʻzda tutilgan.

Shuningdek, kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va insoniy salohiyatni mustahkamlash ham maqsad qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

rahmat

Javob berish