Karvonsaroy

AQSH ishchi va talabalar vizasini oluvchi qirgʻizistonliklar uchun toʻlov miqdorini kamaytirdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Chorshanba, 7 avgustdan AQSHga ish va talabalik vizalarini olishni istagan Qirgʻiziston fuqarolari uchun viza toʻlovi arzonlashdi.

31-iyul kuni AQSH va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama yillik maslahatlashuvlarning toʻrtinchi bosqichi yakunlari boʻyicha shunday kelishuvga erishilgan.

Maslahatlashuvlar davomida tomonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo elektr energiyasi mintaqaviy bozorini rivojlantirish rejasi yuzasidan kelishuvga erishganlar.

Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vazirligi va AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi rasmiylari silga qarshi kurashda hamkorlik qilishga oid bayonnomani imzoladilar. Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi esa Markaziy Osiyo va afgʻonistonlik koʻplab talabalarga Amerikaning Bishkekdagi Markaziy Osiyo universitetida tahsil olishlari uchun viza olishni osonlashtirishga rozi boʻldi.

“Hamkorligimizning yangi davri boshlanmoqda”, dedi AQSH Davlat kotibi yordamchisining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha oʻrinbosari Djonatan Xenik qirgʻiz delegatsiyasi bilan suhbatda. “Qirgʻiziston respublikasi Markaziy Osiyoda kuchli demokratik davlat sifatida doim yetakchi boʻlib kelgan.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500