Karvonsaroy

Qirgʻiziston kuch tuzilmalari sobiq prezident Atamboyevni hibsga oldi

AFP

BISHKEK – Payshanba (8-avgust) kuni oʻtkazilgan yirik maxsus operatsiya chogʻida Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olindi. Bungacha uning tarafdorlari va huquq-tartibot idoralari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar natijasida bir kishi halok boʻlgan, oʻnlab odamlar jarohatlangan.

Xavfsizlik kuchlari uni Bishkek yaqinidagi qarorgohida qoʻlga olganlar, deb xabar berdi 24.kg va Kloop.kg saytlari.

Chorshanba (7-avgust) kuni maxsus kuchlarning Atambayevni qoʻlga olish boʻyicha operatsiyasi uning tarafdorlari qarshilik koʻrsatgani sababli muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.

Atambayev 2011 yildan 2017 yilgacha prezidentlik qilgan. U korrupsiya bilan bogʻliq ayblovlar yuzasidan soʻroqqa chaqirilgan edi.

Qirgʻizistonda 2005 va 2010-yillarda yuz bergan ommaviy tartibsizliklar natijasida ikki prezident hukumatdan agʻdarilgan. 2010-yilda Qurmanbek Bakiyevning iqtidordan chetlatilishi natijasida Qirgʻizistonda etnik zoʻravonliklar kuchayib, keyinchalik “Islom davlati” (ID) safiga qoʻshilgan koʻplab Qirgʻiziston fuqarolari etnik oʻzbeklardan ekani haqidagi hukumatning asossiz daʼvolariga sabab boʻlgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500