Karvonsaroy

Qirgʻiziston militsiyasi 44 kilogrammdan ortiq geroinni qoʻlga oldi

Karvonsaroy

JALOLOBOD VILOYATI, Qirgʻiziston – Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari Jalolobod viloyatining Qorakoʻl shahrida 44 kilogrammdan ziyod geroin moddasini qoʻlga oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligiga (IIV) asoslanib, 24.kg nashri dushanba (12-avgust) kuni xabar bergan.

IIV xabariga koʻra, mahalliy militsiya boʻlinmasiga Uchqoʻrgʻon qishlogʻidagi yuk mashinasiga yirik miqdorda giyohvandlik moddasi ortilgani haqida xabar kelib tushgan.

Yuk mashinasi koʻzdan kechirilganida, unga ortilgan mevalar orasidan umumiy ogʻirligi 44,3 kilogrammga teng 93 dona narkotik solingan qutilar topildi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, narkotik moddalarni Rossiya va Yevropa mamlakatlariga olib oʻtish rejalashtirilgan edi.

Ayni paytda yuk mashinasining egasi qidirilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500