Karvonsaroy

AQSH va Qozogʻiston qonun chiqaruvchilari Nur-Sultonda xavfsizlik masalalarini muhokama qildilar

Karvonsaroy

NUR-SULTAN – Qozogʻiston parlamentining yuqori martabali vakili Nurlan Nigmatulin Nur-Sultonda AQSH kongressmenlari Devin Nunes va Rik Krouford bilan uchrashdi. Bu haqda dushanba (12-avgust) kuni AKIpress nashri parlament matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Nigmatulin parlament quyi palatasining raisi hisoblanadi.

Tomonlar turli sohalarda, jumladan, xalqaro xavfsizlik va energetika sohasida Qozogʻiston - AQSH hamkorligini rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qildilar.

Nigmatulin AQSH va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklikning ahamiyatini alohida taʼkidladi.

Nunes Qozogʻistonning koʻplab sohalardagi yutuqlarini yuqori baholar ekan, terrorizmga qarshi kurash sohasidagi aloqalarni rivojlantirish kerakligiga eʼtibor qaratdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500