Karvonsaroy

Tojikistonda 1,7 tonnadan ortiq narkotiklar yoʻq qilindi, mamlakatda giyohvandlar soni kamaygan

Karvonsaroy

DUSHANBE – Payshanba (15-avgust) kuni Tojikistonda huquq-tartibot idoralari tomonidan musodara qilingan 1,7 tonnadan ortiq giyohvandlik moddalari, jumladan 50 kg geroin yoʻq qilindi. Bu haqda ASIA-Plus nashri IIV matbuot xizmatiga tayanib xabar bergan.

Narkotik moddalar jami 159 ta jinoiy ishga aloqador ashyoviy dalillar sifatida musodara qilingan edi.

Bu orada Tojikistonda roʻyxatga olingan giyohvandlar soni soʻnggi oʻn yillikda uch baravar kamaygan, deb xabar berdi payshanba kuni Khovar.tj sayti.

Giyohvandlikning oldini olish boʻyicha hukumat kengashi raisi Azim Ibrohimning aytishicha, 1-iyun holatiga koʻra, Tojikistonda 5666 kishi, jumladan 128 nafar ayol narkoman sifatida roʻyxatga olingan.

Tojikiston giyohvand moddalarni nazorat qilish agentligi direktori Sherxon Salimzodaning aytishicha, bu raqam 2008-yilgi koʻrsatkichga nisbatan 36 foizga kam. Oʻshanda mamlakatda 8846 kishi giyohvandlikka tobe sifatida roʻyxatda turgan. Bunga Tojikiston respublikasi hukumati va tegishli idoralar tarafidan koʻrilgan choralar natijasida erishildi, dedi u.

Tojikiston va boshqa mamlakatlardagi giyohvand moddalarga oid vaziyat bevosita Afgʻonistondagi vaziyat bilan bogʻliq, deydi Sherxon Salimzoda.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi umumiy chegaraning uzunligi 1300 kilometrni tashkil qiladi. Narkotiklar savdosi afgʻonistonlik tolibonlarning asosiy daromad manbai hisoblanadi .

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500