Karvonsaroy

AQSH rasmiysi Qozogʻiston va Oʻzbekistonda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi

Karvonsaroy

NUR-SULTON / TOSHKENT – AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Devid Xeyl seshanba-juma (20-23-avgust) kunlari Toshkent va Nur-Sultonda yuqori martabali hukumat mansabdorlari bilan muzokaralar oʻtkazadi. Bu haqda AQSHning Oʻzbekiston va Qozogʻistondagi elchixonalari xabar berdi.

U ikkala mamlakat rasmiylari bilan hamkorlikka oid masalalarni muhokama qiladi, deb bayonot bergan elchixonalar dushanba (19-avgust) kuni.

Oʻzbekistonda xavfsizlik, taʼlim va savdo masalalari kun tartibida turibdi, deyiladi bayonotda.

Xeylning Nur-Sultonga tashrifi davomida esa Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari “C5+1” formatidagi oliy darajali uchrashuvni oʻtkazadilar, unda “oʻzaro bogʻliq, yanada rivojlangan va xavfsizroq Markaziy Osiyoga intilish” yoʻlidagi qoʻshma saʼy-harakatlar muhokama etiladi, deyiladi bayonotda.

“C5+1 – bu Qoʻshma Shtatlar va Markaziy Osiyoning besh mamlakati oldida turgan umumiy muammolarni hal qilishga oid hamkorlikdagi choralar boʻyicha muloqot formati hamda platformasidir”, deyiladi AQSH Davlat departamentining bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyoga taʻsirini har qanday yoʻl bilan kamaytirish kerak

Javob berish