Karvonsaroy

Qirgʻizistonda terrorchilarning internetdan foydalanishiga qarshi kurashga bagʻishlangan mashgʻulotlar oʻtkazildi

Karvonsaroy

ISSIQKOʻL, Qirgʻiziston – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) dushanba (26-avgust) kuni Issiqkoʻl shahrida internetdan terrorchilik maqsadlarida foydalanishning oldini olish va unga qarshi kurashga bagʻishlangan uch kunlik nazariy mashgʻulotlarni yakunladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berilgan.

Mashgʻulotlarda 30 ga yaqin qirgʻizistonliklar, jumladan, hukumat idoralari, huquq-tartibot organlari, fuqarolik jamiyati, OAV, ilmiy doiralar va xususiy sektor vakillari qatnashdi.

Tadbir YXHTning Bishkekdagi idorasi va Terrorga qarshi kurash boʻlinmasi tomonidan tashkil etildi.

Mashgʻulotlarning asosiy eʼtibori “Markaziy Osiyoda terrorizm bilan bogʻliq real voqealar va yuzaga keluvchi xavfsizlik tahdidlariga asoslangan shartli ssenariyga” qaratilgan, deyiladi YXHT bayonotida.

Bir qator xalqaro mutaxassislar shaxsiy hayot daxlsizligi va fikrni ifoda etish erkinligi, tinch yigʻilishlar, din va eʼtiqodni hurmat qilgan holda zamonaviy muammolarni hal etish boʻyicha ilgʻor tajriba haqida soʻzlab berdilar.

Bu kabi mashgʻulot oʻtgan haftada Tojikistonda ham oʻtkazilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500